У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan AJga yangi rahbar tayinlandi

calendar 25.07.2016
1190

Rajabov Rustam Baxtiyarovich GM Uzbekistan aktsiyadorlik jamiyatining yangi rahbariga aylandi.

U ijro etuvchi organ rahbari sifatida 18 iyul kuni aktsionyerlar ishtirokida o'tkazilgan yil yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishda 90 kun muddatga saylangan.

Jalilov Tohirjon Abdunabievichning tashkilot bosh direktori sifatidagi vakolati tugatilgan.

GM Uzbekistan qo'shma korxonasi 2008 yilda AQShning General Motors (25 foiz) va O'zbekistonning  "O'zavtosanoat" AJ (75 foiz) tomonidan “O'zDeuAvto” YoAJ o'rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.

Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu, Matiz, Spark, Captiva, miniven Orlando, mikroavtobus Damas va uning yuk tashishga moslashgan ko'rinishi Labo  kabi avtomobillar ishlab chiqaradi.

Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asosan Nexia, Cobalt, Matiz va Spark avtomobillaridan iborat.

Яндекс.Метрика