У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi

calendar 20.04.2018
1194

GM Uzbekistan avtomobil savdosi jarayonlarida noqonuniy mexanizmlar ishlatilishi, jumladan, avtomobil yetkazib berish muddatlarini tezlashtirish uchun o‘rtakashlik bilan shug‘ullanilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotganligini yuzasidan rasman bayonot berdi.

Unda, jumladan, shunday deyiladi:

“GM Uzbekistan AJ o‘zining barcha dilerlik korxonalarida shartnoma rasmiylashtirish va o‘sha zahoti avtomobil egasiga aylanish imkoniyati mavjudligini rasman ta’kidlaydi. Bunday avtomobillarning modellari va dilerlik korxonalari kesimidagi to‘liq ro‘yxati bilan bizning rasmiy veb-saytimizda tanishishingiz mumkin. Ushbu ro‘yxat kundalik ravishda yangilanib boriladi.

Sizga avtomobil yetkazib berish uchun shartnoma rasmiylashtirishda yoki uning muddatlarini tezlashtirishga yordam berish yoki shu kabi boshqa ‘xizmat’larni taklif qilayotgan shaxslar va’dalariga ishonmaslikka chaqirib qolamiz. Avtomobil yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomalar faqat ro‘yxatga olingan rasmiy murojatlar (arizalar) asosida avtomatik tarzda yaratiladigan yagona elektron navbat bo‘yicha amalga oshiriladi”.

GM Uzbekistan avtomobil savdosiga doir koorupsion holatlar aniqlanganda o‘zining 147-14-14 raqamli yagona ishonch telefoniga yoki bevosita huquqni muhofaza qilish organlariga murojat qilishni so‘ragan.

Яндекс.Метрика