У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oshishi kutilmoqda

calendar 25.05.2017
1277

GM Uzbekistan kompaniyasi o'zi ishlab chiqarayotgan bir qator avtomobillarning narxlarini oshiradi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar ma`lum qilmoqda.

«Kun.uz» nashrining manbasi ma`lum qilishicha, Toshkent shahridagi avtosalonlarda ayni vaqtda savdolar to'xtatilib, sotilmagan avtomobillar hisob qilinmoqda.

Ma`lumot uchun, GM Uzbekistan avtomobillari narxlari oxirgi marta 2015 yilning dekabrida oshirilgandi. O'shanda narxlar o'rtacha 30 foizga qimmatlagandi.

Narxlar qachondan va qanday tartibda oshishi haqida ma`lumotlar yo'q.

Hozircha «O'zavtosanoat» va GM Uzbekistan narxlarning navbatdagi oshishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamayapti. 

Lekin ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi xabarlar muhokama qilinmoqda. Internet foydalanuvchilari o'tgan ikki yil ichida milliy valyuta qadrsizlanganini hisobga olgan holda narxlar oshishi tabiiyligini aytishmoqda.

«Bozordagi talabga qarab avvalo ishlab chiqarish hajmini qayta ko'rib chiqish, kengaytirish kerak. Dunyoning birorta mamlakatida bo'lmasa kerak, oldindan pul to'lab qo'yib, 1 yil mashina kelishini kutish. Pul to'landimi, xaridor o'sha vaqtning o'zida mahsulotni olish kerak. Narx-navoni oshirishda xaridor ko'pligi yoki monopol tashkilot bo'lgani uchun emas, qo'shimcha ishlab chiqarishni ko'paytirish, eksportni rivojlantirishni maqsad qilib olishsa, boshqacha bo'lardi. Shuningdek, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan har qanday tovar va xizmatlarni xalqimiz, iste`molchilar milliy valyutada naqd va naqd pulsiz shaklda sotib olishga to'la haqli bo'lishini ta`minlash kerak. Bu aholi kayfiyatiga ta`sir qiladigan omillardan biridir», deya bu boradagi fikrlarini bildirib o'tgan iste`molchilardan biri.

Яндекс.Метрика