GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to'xtatdi


Chevrolet Orlando rusumli avtomobillarni GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilishi joriy yil 16 aprelidan to'xtatildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chevrolet Orlando avtomobillarini xarid qilish to'g'risidagi arizalarni ro'yxatdan o'tkazish 2017 yil noyabr oyidan to'xtatilgan edi.

“GM Uzbekistan AJ Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar bo'yicha iste`molchilar oldida o'zining majburiyatlarini o'z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to'liq yetkazib berilishini ta`minlashini yana bir bor ta`kidlaydi”, - deyiladi xabarda.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!