У нас есть только
оригинальные песни

«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

calendar 22.01.2018
1183

«General Motors» kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «Chevrolet Orlando» avtomobilini «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig‘ish 2018-yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga arzilarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi. Bu haqda kompaniya Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati tahririyatimizga xabar berdi.

«GM Uzbekistan» AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda «Chevrolet Orlando» rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilning to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Яндекс.Метрика