У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan kompaniyasi Labo mini yuk mashinalarini avtosalonlarga etkazib berishni boshladi

calendar 02.10.2015
3013

Ijtimoiy tarmoqda GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan shu yilning iyulida ishlab chiqarilishi boshlangan Labo mini yuk mashinalari tashuv vositalari orqali joylarga etkazilayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo'ldi.

Shu yilning 27 iyulidan GM Uzbekistan’ning Xorazmdagi zavodida yiliga bunday avtomobildan 5000 dona ishlab chiqarish rejalashtirilayotgani to'g'risida ma'lumot berilgandi.

Ushbu kichik o'lchamdagi yuk mashinasini (550 kg gacha yuk ko'taradi) ishlab chiqarish O'zbekistonning 2015 yilga mo'ljallangan investitsion dasturiga muvofiq o'zlashtirildi. Loyihaning umumiy qiymati 5,9 mln dollarni tashkil qildi.

Chevrolet Labo yuk mashinasi Damas’ning ochiq bortli kuzovga ega modeli hisoblanadi hamda shahar va qishloq sharoitlarida qisqa masofalarga yuklarni etkazib berishga mo'ljallangan.

Avtomobil 38 ot kuchiga ega uch tsilindrli 0,8 litrli dvigatel va besh pog'onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Bu yangi model Xorazm viloyatidagi GM Uzbekistan zavodida ishlab chiqariladigan uchinchi model bo'ladi. Hozirda bu zavodda Damas va Orlando mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

Яндекс.Метрика