GM Uzbekistan​ mashina narxlarini pasaytiradimi? Oydinlik kiritildi

2018 yildan boshlab, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig'i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Kun.uz muxbiri yangilik ortidan paydo bo'lgan savollarga javob izlash uchun mutasaddi vakillar bilan bog'landi.

Mashina aksiz solig'i stavkasi bungacha qancha edi?

O'tgan 2017 yil boshida GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig'i stavkasi 29 foizga teng bo'lgan. Shundan keyin, yilning yozida esa stavka 27 foizgacha tushirilgan, ya`ni aksiz solig'i 2 foizga kamaytirildi. Ayni paytda uning miqdori 5,4 barobarga kamaytirilib, 5 foiz etib belgilangan. Bu haqda «O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to'g'risida»gi qarorda ma`lum qilingandi.

Mashina aksiz solig'ining pasaytirilishi ishlab chiqarish narxiga ta`sir o'tkazadimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo'lgan savol ham ayni shudir. Ya`ni, GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig'i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ham ta`sir o'tkazishi mumkinmi? Kun.uz muxbiri mutasaddi vakillar bilan suhbatlashib, barcha axborotlarni tahlil qilgach, shunday xulosaga paydo bo'ldi: aksiz solig'ining tushirilishi mashina narxiga ta`sir o'tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan​ AJ yengil avtomobillariga aksiz solig'i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.

Mashina aksiz solig'ini pasaytirishdan maqsad nima?

2017 yil sentabr oyi ilk kunlaridan boshlab, O'zbekistonda xorijiy valyuta mablag'larini liberallashuvi jarayoni boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Har bir sohada kuzatilgani kabi, GM Uzbekistan AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun chet eldan keltirilishi zarur bo'lgan ehtiyot qismlari, xom-ashyo vositalarining narx siyosatida xorijiy valyutaning so'mga nisbatan qiymatiga qarab o'zgarib turadi. Taassufki, yengil avtomobil aksiz solig'i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig'i pasaytirilgan.

Havola etilgan ma`lumotlar rasman GM Uzbekistan​ AJ tomonidan tasdiqlanishi yoki e`lon qilinishi kutilmoqda. 


Комментарии (0) | Добавить: 08.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi