GM-Uzbekistan: Narxlarning o'zgarishi avtomobillar savdosiga aks ta`sir ko'rsatmayapti

GM-Uzbekistan tasarrufidagi Asaka avtomobil zavodiga jurnalistlar va blogerlarning press-turi davomida GM-Uzbekistan bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov, shuningdek, “Andijon Avtotexxizmat” AJ bosh direktori Ikromiddin Nishonov iyun oyida avtomobillarga narx belgilashda yangilik joriy etilganidan so'ng bu hol avtomobillar savdosigaga salbiy ta`sir qilmagani, ularning pasayishiga olib kelmaganini ta`kidlashdi.

— Avtomobillar savdosiga tezkorlik, shaffoflik, qulaylik, avtosalon xodimlarining ishga yangicha yondashuvi ijobiy ta`sir ko'rsatmoqda. Hozirda salonimizda puli to'langach, uzog'i bilan 1 soat ichida haydab chiqib ketilsa bo'ladigan avtomobillar ham bor, — dedi I.Nishonov. — Shuningdek, mijozlarga hali keltirilmagan mashinalarga elektron navbatga turish tizimini ham joriy qildik. Mijozlar biror avtomobilga, deylik, eng xaridorgir mashinalarimizdan biri hisoblanuvchi “Damas”ga buyurtma berishadi. Ular bilan yuristlarimiz ishtirokida niyat kelishuvi imzolaymiz. Ular hali avtomobil pulini to'lamasdan turib, navbati yaqinlashayotgani haqida SMS tarzida xabar olib turishadi.

GM-Uzbekistan bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov esa o'tgan oylar ichida realizatsiya qilingan avtomobillar sonini keltirib, vaziyatga xolis baho berishni so'radi.

Ichki bozorda 2017 yil may oyida 8.900 dona avtomobil savdoga chiqarilgan bo'lsa, ayrim avtomobillarning narxlarida o'zgarishlar ro'y bergan iyun oyida bu ko'rsatkich 10.519 taga yetgan.

Jumladan, xorijga eksport qilinayotan avtomobillar sonida ham o'sish ko'zga tashlanmoqda. 2017 yilning aprel oyida 1600, may oyida 2300, iyun oyida esa 2500 dan ziyod avtomobil MDH va xorijiy davlatlarga eksport qilingan, dedi R.Rajabov.

Uning aytishicha, avtomobillar asosan Rossiya, Qozog'iston, Ukraina va MDHning boshqa davlatlari, Yaqin Sharq va Afrikaning Nigeriya, Gabon, Liviya kabi davlatlariga eksport qilinmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 06.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Naqd pul bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
O'zbekiston nemis va frantsuz kompaniyalaridan 2 mln hisoblagichlar sotib oladi
Quyoshning Yerga qaragan tomonidan barcha dog'lar yo'qolib qoldi
Ishni o'zgartirish yo'lida to'siq bo'luvchi qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Xonanda Saida turmushga chiqdi
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli
Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi
Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi
Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab