У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan Rossiyada Ravon’ning ikkita yangi modelini taqdim etadi

calendar 29.03.2018
2105

Asakadagi GM Uzbekistan zavodi Chevrolet Tracker mini-krossoveri va yangilangan Chevrolet Cobalt’ni ishlab chiqara boshlaydi. Rossiya bozorida avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi.

Yangi modellar savdosi 2019 yilda boshlanishi rejalashtirilgan, biroq ularning taqdimoti joriy yilda o'tkaziladi, deb xabar bermoqda CA-news.

Yangi Ravon R4 – bu old uzatmali byudjyetli sedan. Uning tashqi ko'rinishi birinchi seriyadagi Chevrolet Cobalt bilan deyarli bir xil, biroq u biroz zamonaviylashtirilgan. Yangiliklar orasida – yaxshilangan old optika va orqa fonarlar. Radiator panjarasi hamda kuzov elementlarida ham o'zgarishlar yuz berdi. O'zgarishlar salonning ichki qismida ham bor.

2018 yilda Ravon R4 bozorga chiqishi bilan Ravon Gentra sotuvi to'xtatiladi – Ravon qatorining eng qimmat va rossiyalik haydovchilarda ommabop bo'lmagan modeli.

Rossiyada yaqinda taqdim etiladigan ikkinchi model - Ravon Tracker. U shahar krossoveri bo'lib, 2017-model yilidagi Chevrolet Trax’ning modifikatsiyasi. Yangilangan avtomobil Chevrolet Corvette, Malibu va Volt kabi yangi yorqin dizaynga ega bo'ldi. Bamper va radiator panjarasi o'zgardi, avtomobil yangilangan orqa chiroqlar, galogenli faralar va nurdiodli kunduzgi yurish chiroqlari bilan jihozlandi.

Shuni ta`kidlash kerakki, 2018 yilning yanvar oyi natijalari bo'yicha GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi bo'yicha 17-o'rinni egalladi. 2018 yilning yanvarida AJ Rossiyada 1470ta avtomobil sotdi, bu 2017 yil yanvaridan uch baravar yuqori.

Яндекс.Метрика