У нас есть только
оригинальные песни

GM Uzbekistan Rossiyada yanvar-iyul oylarida qancha mashina sotgani ma`lum

calendar 14.08.2017
1073

GM Uzbekistan AJ 2017 yilning yanvar-iyul oylarida Rossiyada 6,22 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo'mitasi xabar qilgan.

Qo'mita ma`lumotlariga ko'ra, GM Uzbekistan kompaniyasi 2017 yilning iyulida Rossiyada 1,27 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini o'z xaridorlariga yetkazib bergan.

GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2017 yilning yetti oyi yakunlari bo'yicha 0,7 foizni tashkil etdi, deyiladi qo'mita xabarida.

GM Uzbekistan AJ 2017 yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo'yicha Rossiyada avtomobillar sotuvi hajmi bo'yicha 21-o'rinni egallagan.

Яндекс.Метрика