У нас есть только
оригинальные песни

Gmail dasturi sun'iy intellekt yordamida mustaqil ravishda maktublarga javob bera boshladi

calendar 04.11.2015
904
$UMAGE1$

Gmail mobil dasturi mobil qurilmadan maktubga yo'l-yo'lakay tez javob berishning uchta qisqa variantini taklif qiluvchi Smart Reply funktsiyasini oladi, deb xabar berilmoqda Google’ning rasmiy tadqiqotlar blogida.

Sun'iy intellekt avval olingan maktublar va javoblar negizida qisqa jumla bilan javob berish mumkin bo'lgan xabarni aniqlashga harakat qiladi va bir tugma bilan javob berish mumkin bo'lgan variantlarni taklif qiladi. Javoblarning maqbul aniqligiga erishish uchun sun'iy intellektni uzoq vaqt o'rgatishga to'g'ri keladi. Foydalanuvchilarning o'zlari ham bu jarayonga qo'shilishlari mumkin. Smart Reply dasturining ingliz tilidagi versiyasini joriy haftada Google Play va App Store do'konlari orqali yuklab olish mumkin bo'ladi.

Avvalroq Google internetda qidiruvni amalga oshirish uchun sun'iy intellektdan foydalanishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Яндекс.Метрика