У нас есть только
оригинальные песни

Gmail pochtasida jo‘natilgan xatni qaytarib olish funksiyasi paydo bo‘ldi

calendar 24.06.2015
1037

Google kompaniyasi Gmail pochta xizmatiga xat jo‘natilishini bekor qilish funksiyasini qo‘shdi, deya xabar bermoqda "Vesti.ru”. "Jo‘natishni bekor qilish” (Undo Send) tugmasi so‘nggi olti yil davomida sinovdan o‘tkazilgan. Foto: culturemob.com Foto: culturemob.com Yangi funksiya Gmail’ning faqat veb-interfeysida amal qiladi. Uni yoqish uchun ekranning yuqori o‘ng burchagidagi tishli g‘ildirakcha tasvirini bosing va "Sozlanmalar” (Settings) bandini tanlang. So‘ng "Umumiy” (General) sahifasidan "Jo‘natishni bekor qilish” (Undo Send) qismini toping va funksiyani yoqish uchun u yerga "galochka” qo‘ying. Jo‘natishni bekor qilish uchun vaqt oralig‘ini o‘zingiz belgilashingiz mumkin. Ushbu vaqt o‘tib bo‘lgach, maktub butunlay jo‘natiladi va uni ortga qaytarib bo‘lmaydi.
Яндекс.Метрика