У нас есть только
оригинальные песни

Go'sht narxi nega ko'tarilmoqda?

calendar 31.01.2018
1611

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go'sht narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi.

Ta`kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo'jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta`minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go'sht va go'sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda, deb yozadi O'zA.

Ozuqa-yem mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho'rlanishi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi “vositachilar”ning ko'pligi ham go'sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo'lmoqda.

Ma`lumot uchun: 2017 yilda mol go'shti 35,9 foizga, qo'y go'shti – 31,4 foizga, parranda go'shti – 33,1 foizga oshgan.

Яндекс.Метрика