У нас есть только
оригинальные песни

Godzilla yangi filmda King Kong bilan kuch sinashadi

calendar 12.09.2015
2167

Amerikaning Legendary Pictures kompaniyasi Godzillaning King Kong bilan to‘qnashuvi haqida hikoya qiluvchi yangi loyihani ishga tushiradi. Deadline xabariga ko‘ra, studiya Warner Bros. bilan tegishli muzokaralar olib bormoqda.

Hozirgi vaqtda Legendary tomonidan suratga olinayotgan "King Kong: Chanoq oroli” filmi huquqlari Warner ixtiyoriga o‘tadi. Godzilla personaji aynan shu kompaniyaga tegishli. Film premyerasi 2017-yil martiga mo‘ljallangan. Rejissor Jordan Vot-Roberts tomonidan suratga olinadigan filmda bosh rollarni Tom Xiddlston, Bri Larson va Semyuel L. Jekson ijro etadi.

Film voqealari King Kong ilk bor 1933-yilgi film qahramonlari tomonidan topilgan Chanoq orolida, shuningdek, 1970-yillarda, Detroyt shahrida yuz beradi. Suratga olish ishlari 2015-yil oxirida yoki kelasi yil boshida boshlanadi. Syujet tafsilotlari va premyera sanasi sir saqlanmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, "Chanoq oroli” va ayni vaqtda Warner Bros. ishlab chiqayotgan "Godzilla”ning sikveli keyinchalik mahluqlar qarama-qarshiligi haqidagi yana bir film bilan davom ettiriladi. Ma’lumot uchun, rejissori Garet Edvards bo‘lgan "Godzilla 2” sikveli 2018-yilda katta ekranlarga chiqishi kerak.

Ikki ulkan monstr bungacha 1962-yili Isiro Xonda tomonidan suratga olingan "King Kong Godzillaga qarshi” filmi orqali ilk bor birga ekranlarda paydo bo‘lgan. Bu filmda ulkan maymun Godzilla hujumiga uchragan Yaponiya shaharlaridan birini himoya qiladi.

Яндекс.Метрика