У нас есть только
оригинальные песни

Gollivud aktyori Jek Blek o‘zini o‘ldiga chiqarib, muxlislari bilan hazillashdi

calendar 05.06.2016
1909

Bugun, 5-iyun kuni Kaliforniyaning (AQSh) Tenacious D hajviy rok guruhi o‘z a’zosi — taniqli aktyor va musiqachi Jek Blek olamdan o‘tgani haqida xabar tarqatgan edi. Ammo bu hazil bo‘lib chiqdi — 46 yoshli ijodkor ilgari ham bunday o‘yinlar uyushtirgan edi, deb ma’lum qiladi “TASS”.

“Tinchlaning, bu hazil edi. Afsona tirik”, — deyiladi guruhning Twitter’ida chop etilgan xabarda.

Tenacious D ikki a’zodan iborat — bular Kayl Gess va Jek Blekdir. 1994-yilda asos solingan guruh hazilomuz kuylari bilan mashhur, uning uslubi ba’zan “kulgili rok” (mock rock) deb ham ataladi. Guruh 2015-yilda eng yaxshi metal ijrosi nominatsiyasida “Gremmi” mukofotiga ega bo‘ldi. Blekning o‘zi ikki karra “Oltin globus” premiyasiga nomzod bo‘lgan.

Яндекс.Метрика