У нас есть только
оригинальные песни

Gonkong aviakompaniyasiga qarashli “Boing” Xitoyning Chunsin shahrida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

calendar 23.04.2016
726

Gonkongning Cathay Pacific aviakompaniyasiga tegishli samolyot Xitoyning Chunsin shahrida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda, South China Morning Post gazetasining elektron versiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Bortida 248 kishi bo‘lgan Boeing-777 Gonkong–London yo‘nalishidagi reysni amalga oshirayotgan edi. Janubi-G‘arbiy Xitoy uzra parvoz chog‘ida dvigatellardan birida yog‘ bosimi tushib ketgani qayd qilindi; uchuvchilar aeroportga qaytishga qaror qildi. Ammo bir muddatdan so‘ng muammo jiddiyroq ekanligi aniqlandi va samolyot Chunsin aeroportida qo‘ndirildi.

Samolyot aeroport ustida 20–30 daqiqa davomida aylanib, yoqilg‘ini to‘kdi, bu payt uchish-qo‘nish tasmasiga o‘t o‘chirish va tez yordam mashinalari olib kelindi.

Яндекс.Метрика