Google algoritmi 60 nafar Go o'yinchisidan mag'lubiyatsiz ustun keldi

Google DeepMind jamoasi Go o'yini uchun maxsus algoritm sinovini yakunladi. AlphaGo algoritmini sinash ishlari o'tgan yilda boshlangan edi. Professional o'yinchi bilan ilk bahs 2016 yil martida o'tkazilgan. O'shanda dastur taniqli Go o'yinchisi Li Sedol bilan kuch sinashgan edi. Unda beshta o'yindan 4tasida DeepMind g'alaba qozongandi. 

Sedolni mag'lub etgan algoritm haqida uzoq vaqt unutishdi. Biroq, o'tgan yilning 29 dekabr kuni Go onlayn-o'yin maydonlarida Master laqabli o'yinchi paydo bo'ldi. U 60ta o'yindan birortasida mag'lub bo'lmadi. Bittasida durang qayd etilgan. U ham bo'lsa, Masterning hujumiga dosh berolmagan raqib o'yinni tark etgan. 

5 yanvar kuni DeepMind ishlab chiqaruvchilari Master nomi bilan AlphaGo dasturining takomillashtirilgan namunasi o'ynaganini tan olishdi. Mag'lub bo'lganlar orasida Go o'yini bo'yicha Xitoy chempioni ham bo'lib, u algoritmni olqishlagan. 

Go — taxta ustida o'ynaladigan mantiqiy va strategik o'yin bo'lib, maydonning aksar qismini egallash bilan raqibni mag'lub etish talab etiladi. 

Manba: kun.uz


Комментарии (0) | Добавить: 06.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qanday qilib hech narsani unutmasdan va faol yashash mumkin?
Janubiy Koreya kompaniyasi Wi-Fi’da tezlik bo'yicha inqilob qilmoqchi
Bugun bo‘lib o‘tadigan The Best Football Awards marosimida FIFA kimlarni taqdirlaydi?
Isroilda yahudiy qizlarga ko‘ngil qo‘ygan arablarni ta’qib etishda gumon qilingan 15 kishi qo‘lga olindi
Turkmaniston prezidenti otda qurilish ob`yektlarini ko'zdan kechirdi
Alisher Usmonovning qarz o'rniga undirilgan sobiq yaxtasi sotildi
Dam olish kuni yo'l qo'yiladigan 11 xato
Ko'ngil ayniganda nima qilish kerakligiga doir 12 tavsiya
“Sumerki”da rol ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor Alixan gonorari, rollari va oilasi haqida
MRB direktori: Kim Chen In to‘satdan g‘oyib bo‘lsa, buni bizdan so‘ramang
Amerikalik sayyoh O'zbekiston safaridan olgan taassurotlari bilan bo'lishdi
Google'ning Puerto-Rikodagi internet tarqatuvchi havo sharlari (foto)
"Titanik" yo'lovchisining maktubi rekord qiymatga sotildi
Ispaniya Bosh vaziri Kataloniya mustaqilligiga nuqta qo'ymoqchi
Bundan buyon Xitoyda har yili 15 million yangi ishchi o'rni yaratilishi lozim
Buxoroda konditsionerli avtobus bekatlari paydo bo‘ldi
“O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi
Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi
Yakkasaroy hokimiyati o'z binosini Maktabgacha ta`lim vazirligiga bo'shatib beradi
O'zbek shou-biznes vakillari paxta terishmoqda! (Foto)
Mavsumiy kasalliklar: gripp, paragripp, adenoviruslar va rinoviruslar
“Asakabank”ni 9 yil boshqargan Qahramon Aripov O‘zbekiston bog‘cha vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Shotlandiyada bolalarni jismoniy jazolash man etildi
Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da`vo qilmoqda
Ayol kishi nega erkaklardan kamroq pul topishi ma`lum bo'ldi
Google xakerlarni o'z ilovalarini buzib kirganlik uchun mukofotlaydi
Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo'yicha eng yirik zavod qurilmoqda
O'zbekistonda yoshligi o'tgan Sobchakning qizi Rossiya prezidenti bo'ladimi?
Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?