У нас есть только
оригинальные песни

Google Android xotira oqimini to'g'irlashga va'da bermoqda

calendar 12.06.2016
925

O'tgan yilning boshida Google  Android 5.1 Lollipop’ni ishga tushirgan edi. Keyinchalik unda operativ xotira oqimi bilan bog'liq jiddiy muammo yuzaga kelgan: qurilma qayta o'chirib, yoqishsiz ko'p ishlaganida, operativ xotira shuncha ko'p tizimni talab eta boshlagan. Bu holat esa foydalanuvchilar uchun dasturlar fonida qayta ishga tushiriluvchi qator noxush oqibatlarga sabab bo'lgan. Xatoni nazorat qilish bo'yicha saytdagi holatga muvofiq, Google bu muammoni hal qildi va yangi reliz bilan barcha zarur o'zgartirishlarni kiritadi. 

Biroq Google «yangi reliz» ostida nimani yo'lga qo'yishni maqsad qilgani haqida ma'lum qilmagan. Bu xavfsizlik tizimining har oyda yangilanishi yoki  Android operatsion tizimining navbatdagi versiyasi bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda ham, yuqoridagi muammoga duch kelgan foydalanuvchilar uchun bu yaxshi yangilik. 

Яндекс.Метрика