У нас есть только
оригинальные песни

Google Apple’dan o‘zib ketib, dunyodagi eng qimmat brendga aylandi

calendar 02.02.2017
1442

Brand Finance konsalting firmasi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng qimmatbaho brendlar reytingida birinchi beshta o‘rinni Amerika kompaniyalari egalladi, deb yozadi “Vedomosti”. Birinchi o‘ringa esa Google internet-kompaniyasi chiqib oldi, o‘tgan yil ichida brend narxi qariyb 25 foizga oshib, 109,47 milliard dollarga yetdi.

Apple brendi taxminan 27 foizga — 107,141 milliard dollargacha arzonlashib, natijada reytingda ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Uchinchi o‘rinni Amazon.com internet-riteyleri o‘zida saqlab qoldi (106,396 milliard dollar, o‘sish 53%). To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarda AT&T telekommunikatsiya kompaniyasi (87,016 milliard dollar, o‘sish 45%) va Microsoft (76,265 milliard dollar, o‘sish 13%) joylashdi.

Reytingning keyingi o‘rinlarini Samsung (66,219 milliard dollar, o‘sish 13%), Verizon (65,875 milliard dollar), Walmart (62,211 milliard dollar) va Facebook (61,998 milliard dollar) egalladi. Xitoyning eng yirik Industrial & Commercial Bank of China (ICBC) banki 47,832 milliard dollar ko‘rsatkich bilan yuqori o‘nlikni yakunladi.

Яндекс.Метрика