У нас есть только
оригинальные песни

Google Chrome dunyodagi eng mashhur internet-brauzer deya tan olindi

calendar 04.07.2017
884

Dunyodagi eng mashhur brauzerlar orasida birinchilik Google Chrome'ga nasib etdi. Bu haqida Neowin.net portalida xabar berildi. 

NetMarketShare va StatCounter tadqiqot firmalari hisobotlariga ko'ra, Google brauzeri ulushi bir yilda 10,84 foizga oshgan. 2016 yilning iyulida u 48,56 foizni tashkil qilgan, 2017 yilning iyunida esa 59,49 foizga o'sgan. 

Ikkinchi o'rinni avvalgidek Internet Explorer brauzeri egalladi. Shunday bo'lsa-da, u o'z pozitsiyalarini yo'qotgan. Uning ulushi 14,81 foizga kamaygan. 2017 yilning iyunida u bozorning uchdan bir qismini (31,65 foizini) egallagan bo'lsa, shu yilning may oyida bu ko'rsatkich 16,84 foizga pasaygan.

Uchinchi o'rinda - Firefox brauzeri bo'lib, u o'z ko'rsatkichlarini 4,22 foizga (7,8 dan 12,02 foizga) oshirgan. Boshqa brauzerlar orasida ikki yildan buyon Windows 10 bilan birga yetkaziluvchi Microsoft Edge bozorning taxminan 5 foizini egallaydi. Qolgan 3,5 foiz - Safari brauzeriga qarashli. 

Ta`kidlash joizki, ushbu statistik ma`lumot 20 ming (NetMarketShare) va 2,5 million (StatCounter) sayt ma`lumotlari asosida olingan. Shu bois ular real vaziyatni to'liq ifodalay olmaydi. 

Яндекс.Метрика