У нас есть только
оригинальные песни

Google Durovning Telegram messenjerini 1 mlrd dollarga sotib olmoqchi bo‘lgan

calendar 29.04.2016
798

Google kompaniyasi vakillari Pavel Durov bilan Telegram’ni sotib olish imkoniyatini muhokama qilgan. Messenjerni 1 milliard dollarga baholashgan. Bu haqda “Sekret firmi” nashri Telegram’ga yaqin manbalari va venchur bozorida ishlaydigan qator investorlarga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Google Telegram kompaniyasi rahbari va “VKontakte” asoschisi Pavel Durovni chaqirib, messenjerlar bozorini, shuningdek, ushbu bozordagi o‘z istiqbollarini muhokama qilgan, so‘ng muayyan taklifni ilgari surgan. Uchrashuv 2015-yil mayida bo‘lib o‘tgan.

Durovning o‘zi bu uchrashuvga hech qanday izoh bermadi. Messenjer yaratuvchisi ta’kidlashicha, uchrashuvda kompaniyalar hamkorligi haqida gap bormagan.

Яндекс.Метрика