У нас есть только
оригинальные песни

Google foydalanuvchilarning qidiruv natijalariga munosabatini kuzatib boradi

calendar 21.04.2016
806

Google foydalanuvchi so‘roviga ko‘ra sahifalar ro‘yxatini taqdim etganidan so‘ng uning bunga munosabatini payqashi mumkin bo‘lgan algoritm uchun patent oldi. Mazkur texnologiya qidiruv tizimi faoliyatini yaxshilashga xizmat qilishi bildirilmoqda, deya xabar beradi “Hi-Tech Mail.ru”.

Google foydalanuvchining yuzidagi hissiyotni aniqlash uchun noutbuk, smartfon yoki planshetning old kamerasidan foydalanmoqchi. Bundan tashqari, muhandislar mobil qurilmalardagi datchiklardan ham ma’lumot olib turishi kutilmoqda.

Kuzatib boriladigan ko‘rsatkichlar qatorida tana harorati, yurak urishi o‘zgarishi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Algoritm ko‘z uchishi va pirpirashi, qorachiq kengayishiga qarab foydalanuvchi qidiruv tizimi bergan manbalardan qoniqish hosil qilganligi yoki yo‘qligini ham tahlil qiladi.

Kelgusida foydalanuvchi ijobiy munosabat bildirgan sahifalar qidiruvda yuqorilab boradi. Foydalanuvchi tomonidan so‘rovga arzigulik emas deb topilgan saytlar Google’dagi mavqeyini yo‘qotadi.

Яндекс.Метрика