У нас есть только
оригинальные песни

Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

calendar 21.02.2017
1570

Ko‘pchilik uchun Google — orzudagi korporatsiya. Ushbu korporatsiya butun dunyoga nafaqat innovatsion qidiruv tizimi yaratuvchisi sifatida, balki firmaning ichki siyosatiga noodatiy yondashuvi bilan ham mashhurdir. Biz siz uchun Google haqidagi eng e’tiborga loyiq faktlarni to‘pladik.

— Har kuni Google’ga birinchi marta beriladigan yangi so‘rovlar ulushi barcha so‘rovlarning kamida 16 foizini tashkil etadi.

— Agar Google xodimi vafot etsa, uning oilasiga xodimning o‘n yillik ish haqining yarmiga teng to‘lov bir yo‘la to‘lanadi, farzandlariga esa ular 19 yoshga to‘lgunicha har oyda ming dollardan berib turiladi.

— Google barcha mashhur (noyob) kitoblarni 2020-yilgacha skanerlab chiqmoqchi. Bugungi kunda ularning soni 129 milliontani tashkil etadi.

— Microsoft kompaniyasi Google’ning Chrome brauzeri o‘rniga o‘z brauzeridan foydalanganlik uchun maxsus bonus ballarini taqdim etadi. Ballar evaziga kompaniya mahsulotlari uchun chegirmalarga ega bo‘lish mumkin. Ammo dastur faqat AQSh aholisi uchun amal qiladi.

— Google reklamadan yiliga 20 milliard dollardan ortiq pul ishlab topadi. Bu CBS, NBC, ABC va Fox kabi eng yirik televizion kompaniyalarning praym-taym (eng yaxshi efir vaqti)dagi reklamadan olgan jami daromadlaridan ham ko‘p demakdir.

— Yetti yil avval (2010-yil) Google xaritalaridagi xatolik tufayli, Nikaragua qo‘shinlari adashib, Kosta-Rikaga kirib borgan.

— Google yiliga 2 trilliondan ortiq so‘rovlar ustida ishlaydi.

— Google’dagi ba’zi stajyorlar 90 ming dollardan ortiq maosh oladi.

— Google 1,75 milliard saytni mualliflik huquqlarini buzganlik uchun qidiruv tizimidan chiqarib tashlagan.

— Har yili Google’ga 2 millionta rezyume jo‘natiladi.

— Google o‘zining bosh qarorgohi atrofidagi o‘tlarni “o‘rish” uchun vaqti-vaqti bilan 200 ta echkini ijaraga olib turadi.

Яндекс.Метрика