У нас есть только
оригинальные песни

Google Hindiston interneti rivojiga hissa qo'shmoqchi

calendar 29.09.2016
864

Hindiston poytahti N'yu-Dehlidagi anjumanda Google vakillari kompaniya mobil' dasturlarni Hindistondagi mavjud mobil' aloqaning kuchsiz signaliga moslashtirib va Wi-Fi simsiz internetiga ulanish nuqtalari tarmog'ini kengaytarib,  Hindiston mobil' industriyasi rivojlanishiga hissasini qo'shmoqchiligini ma`lum qildilar. 

Kompaniya vakillarining aytishicha, Google dasturchilari va muhandislari Hindistonning 15 shahriga tashrif buyurib, bu shaharlarning hind loyihasi ustida olib borilayotgan ish jarayonidagi infratuzilmasini o'rganib chiqdilar. 

Google ayni vaqtda o'zining Chrome internet-brauzeri va Google Play onlayn-do'konini kabi mahsulotlarini optimallashtirish jarayonida turibdi. Kompaniyaning maqsadi Hindiston uchun hos bo'lgan kuchsiz internet-ulanish sharoitida dasturlardan foydalanishni mumkin bo'ladigan qilishdan iborat.

Avvalroq Hindiston aholisining faqat beshdan birigina internetga ulanishga ega ekanliklari ma`lum qilingan. Bundan kelib chiqib, Google o'z mahsulotini hind bozorida ilgari surish bo'yicha mahsus dasturni yaratdi. Kompaniya shuningdek internetga ulanish kuchsiz bo'lgan holatlar uchun YouTube serveridan foydalanishga imkon beruvchi YouTube Go dasturini taqdim qilgandi.

Яндекс.Метрика