У нас есть только
оригинальные песни

Google Instagram’ga raqobatchi bo‘ladigan xizmatni taqdim etdi

calendar 31.05.2015
1817

Google Instagram ijtimoiy tarmog‘iga raqobatchi bo‘lishi kutilayotgan Google Photos fotoservisini taqdim etdi, deya xabar bermoqda "Vedomosti”. Foto: wsj.com Foto: wsj.com 28-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada servisning iOS va Android uchun mo‘ljallangan dasturlari ham namoyish etildi. Servisni ishlab chiqishda har qanday qurilmadan olingan fotosuratlarni bir yerda to‘plab, ularni tezkorlik bilan saralash vazifasi ko‘zda tutilgan. Kerakli suratni tezroq va qulayroq topish uchun Google yuzni tanish texnologiyasini qo‘llamoqchi, u kishi suratlarda belgilanmagan taqdirda ham, uning rasmlarini topib berishi mumkin. Tasvir va videolarni tahlil qilish, teg qo‘yish ishlari avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Яндекс.Метрика