Google kompaniyasi Londonning ko'cha bilbordlarida (ko'cha reklamasi uchun mo'ljallangan moslamalar) DoubleClick relevant reklama texnologiyalarini sinovdan o'tkazishni boshladi, xeb xabar bermoqda Business Insider nashri.
Texnologiya turli ma'lumotlarni, misol uchun ob-havo sharoiti, o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar yoki yo'ldagi vaziyat bo'yicha ma'lumotlarni bildbordlarda eng relevant (vaziyatga mos) reklamani ko'rsatish uchun yig'adi. Avval DoubleClick deb nomlangan bu texnologiya internet-saytlarda ishlatilgan.
Google’ning asosiy g'oyasi shundan iboratki, texnologiya reklama beruvchilarga relevant oflayn-reklamaning samaradorligini ko'rsatishga imkon beradi. Hozircha DoubleClick bilbordlarda faqatgina sinov rejimida ishlaydi, buning uchun kompaniya qanday brendlarni kunning qaysi paytida reklama qilishni aniqlash maqsadida Londonning turli nuqtalarida reklama joylashtiradi.