У нас есть только
оригинальные песни

Google kompaniyasi​ yangi yetakchilarni qanday tarbiyalaydi?

calendar 03.09.2017
831

Google kompaniyasida ichki tartib va ish atmosferasini yaxshilab borish maqsadida Re:Work nomli blog ishga tushirilgan. Unda kompaniya rahbarlari, yetakchi mutaxassislar ish boshqaruvchi va xodimlarning jarayon davomida duch kelishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni tahlil qilib, to'g'ri harakatlanish rejasini taqdim etadi. Shuningdek, blog orqali rahbariyat va kompaniya xodimlari o'rtasida teskari aloqa mexanizmi ham ishlab chiqilgan.

«Ko'p yillar davomida tartibga solingan izohlar va munosabatlar jamlamasidan kelib chiqib, Google guruh yetakchilariga xos xarakteristikani ishlab chiqqan», deydi Quartz muallifi Leya Fessler.

Xodimlar orasida o'tkazilib turiladigan so'rovnoma

Har yili Google xodimlari orasida quyidagi 13ta savol asosida tuzilgan so'rovnomani o'tkazib turadi. Savollardan 11tasiga munosabat bildirilib, so'nggi 2tasiga shaxsiy xulosani bayon etish so'raladi.

1. Rahbar menga samarali ishlashim uchun ishimda foydali izohlar beradi.

2. Rahbar mikromenejyement bilan shug'ullanmay, uning darajasida quyi bo'lgan masalalarni mustaqil hal qilishimga imkon beradi.

3. Rahbar meni mustaqil shaxs sifatida hurmat qiladi.

4. Rahbar ish jarayonida mening fikrimni hurmat qiladi, garchi u boshqalarnikidan ajrab tursa ham, buni inobatga oladi.

5. Rahbar jamoani manfaatli maqsadlar ustida ishlash, natija va ko'rsatkichlarni ijobiy tomonga o'zgartirishga yordam beradi.

6. Rahbar o'zidan yuqori boshliq va ish boshqaruvchilardan olgan ma`lumotlar bilan o'rtoqlashadi.

7. So'nggi paytlarda rahbar bilan mening kasbiy o'sishim borasida mulohazalar bildirgan.

8. Rahbar jamoamiz oldiga aniq maqsadlarni qo'yadi.

9. Rahbarning boshqaruv bo'yicha yetarli bilimi bor, masalan, IT yoki moliyaviy sohada yetuk mutaxassis hisoblanadi.

10. Rahbarimizni boshqa xodimlarni boshqarishga tavsiya qila olaman.

11. Umuman olganda, rahbarim o'z vazifasini yaxshi uddalamoqda.

12. Rahbariyatingizni o'zgartish uchun nimani tavsiya qilasiz?

13. Nimani o'zgarishsiz qoldirgan yaxshi, deb o'ylaysiz?

So'rov anonim tarzda o'tkaziladi va to'liq tahlil qilinadi.

«Bitta oddiy qoida»

Google xodimlari orasida ish va shaxsiy hayot o'rtasidagi me`yorni ta`minlash maqsadida «Bitta oddiy qoida»ni amaliyotda joriy qilgan. U ham bo'lsa, maqsadning juda sodda bo'lishi va aniq bo'lishi talab qilinadi.

«Bu holatda ishchining qayerga qarab ketayotgani aniq ko'rinadi, rahbariyat ham natijalarni bemalol kuzatib bora oladi», deydi Google vakili.

Яндекс.Метрика