У нас есть только
оригинальные песни

Google O'zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga qidiruv sahifasi logotipini o'zgartirdi

calendar 01.09.2018
942

Google internet-kompaniyasi bugun O'zbekiston mustaqilligining 27 yilligi nishonlanishi munosabati bilan o'z logotipini o'zgartirdi.

Kompaniya O'zbekiston Mustaqilligi kuniga maxsus doodle tayyorladi - bu kompaniya logotipining muhim hodisalar munosabati bilan o'zgargan varianti. Uni qidiruv tizimi sahifasida ko'rish mumkin.

Ingliz tilidagi «doodle» so'zi «qing'ir-qiyshiq yozuv» degan ma`noni anglatadi. 1998 yilda eng birinchi dudl Yonayotgan odam festivali sharafiga o'ylab topilgan. U Larri Peyj va Sergey Brin tomonidan foydalanuvchilarni agarda qidiruv serveri ishlamasa va telefon javob bermasa, o'z joylarida yo'q ekanliklaridan xabardor qilish uchun ishlab chiqilgan - ya`ni, hamma festivalga ketgan va hech kim texnik yordamni ko'rsata olmaydi.

Яндекс.Метрика