У нас есть только
оригинальные песни

«Google» o‘zining «Play Music» musiqiy servisini yopadi

calendar 27.04.2018
949

«Google» kompaniyasi joriy yil oxiriga qadar o‘zining mashhur «Play Music» musiqiy servisini yopish niyatida. Uning o‘rnini mutlaqo yangi dastur — «YouTube Remix» egallaydi, deb xabar beradi «NV.ua».

«YouTube Remix» musiqiy servisi haqida o‘tgan yilning oxirlariga gap-so‘zlar tarqalgandi. O‘shanda yangi servis «YouTube»ga «Spotify» va «Apple Music» bilan samaraliroq raqobatlashishda yordam berishi ta’kidlangandi.

«Remix» modeli «Spotify»nikiga o‘xshab ketishi taxmin qilinmoqda, foydalanuvchilarga treklar ularning so‘rovlariga ko‘ra taqdim etiladi.

«YouTube» musiqiy servisi rahbari Lior Koenning tasdiqlashicha, yangi servis «Google Play Music» va «YouTube»ning eng yaxshi jihatlarini o‘ziga qamrab oladi».

Hozircha kompaniya yangi platformaga aynan qachon o‘tilishini ma’lum qilmadi. Biroq «YouTube» ma’muriyatining so‘nggi bayonotiga ko‘ra, bu haqda barcha foydalanuvchilarga ogohlantiruv «maktubi» yuboriladi.

Яндекс.Метрика