У нас есть только
оригинальные песни

Google paroldan foydalanmagan holda akkauntga kirishni sinovdan o'tkazishni boshladi

calendar 26.12.2015
863

                                           

Google kompaniyasi foydalanuvchilarga saytlarda va dasturlarda parol ishlatmagan holda kirishga imkon beruvchi yangi tizimni sinovdan o'tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda TechCrunch nashri.

Yangi tizim foydalanuvchidan parol kiritishni so'rash o'rniga uning smartfoniga kirishni tasdiqlashni so'rovchi xabar yuboradi. Yangi tizimni ishlatish uchun elektron pochta manzilini yoddan bilish zarur bo'ladi.

Bu funktsiyaning paydo bo'lgani haqida Reddit foydalanuvchisi Roxit Pol ma'lum qildi, uning elektron pochtasiga sinovda ishtirok etish taklifi kelgan. Pol tomonidan chop etilgan skrinshotlarga qaraganda, tizimning ishlashi uchun kirish paroli o'rnatilgan yoki barmoqlar izi skaneriga ega smartfon zarur bo'ladi.

Bir necha bosqichdan iborat sozlashdan keyin smartfonga “Boshqa kompyuterdan kirmoqchimisiz?” degan xabarlar kela boshlaydi. Agar foydalanuvchi “Ha” deb javob bersa, u Google’dagi akkauntiga bir onda kiradi.

Google vakillari sinovlar o'tkazilayotganini tasdiqlashdi va “”Pizza” va “123456” kabi ishonchsiz parollar “kuni bitayotganini” aytishdi. Yaqin vaqtda ushbu texnologiya kam sonli odamlarda tekshiriladi, keyinroq ularning soni oshirib boriladi.

Kompaniyada ta'kidlashlaricha, parol o'z mohiyati bo'yicha saqlanib qoladi, biroq undan qo'shimcha himoya vositasi sifatida foydalaniladi, misol uchun, tizim foydalanuvchining o'zini tutishini shubhali deb hisoblasa, uni kiritishni talab qilishi mumkin.

Agar akkauntga bog'lab qo'yilgan smartfon (agar u raqamli kod yoki barmoq izlari skaneri bilan himoyalangan bo'lsa) yo'qolsa, jinoyatchilar foydalanuvchining ma'lumotlariga kira olmaydi, biroq Google bunday vaziyatda yo'qolgan qurilmani o'z profilidan “uzib qo'yishni” tavsiya qilmoqda.

Akkauntlarga kirishning an'anaviy usullaridan voz kechish haqidagi bahs anchadan beri davom etib kelmoqda. Misol uchun, 2014 yilda Forbes muharriri parolning himoya vositasi sifatida ma'nosizligini isbotlash uchun o'zining parolini ochiq manbada chop etgan. Uning fikricha, agar xakerlar kimningdir ma'lumotlariga kirishni chindan ham istashsa, unda ularni raqamlar va harflar birikmasi to'xtata olmaydi.

Яндекс.Метрика