У нас есть только
оригинальные песни

Google Pixel’ning iPhone 7’ga nisbatan afzalliklari sanab o‘tildi

calendar 08.10.2016
1140

Android muxlislari yaqinda taqdim etilgan Google Pixel smartfonlarining iPhone 7’ga nisbatan beshta asosiy ustun jihatlarini sanab o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ular qatoriga, avvalo, qurilmaning baquvvat kamerasini kiritishdi, u ishlab chiqaruvchi so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy smartfonlar bozoridagi eng yaxshisidir.

Google Pixel smartfonlari kamerasi 12 megapikselli Sony IMX378 sensori bilan jihozlangan, bunda piksellar hajmi 1,55 mkm ga yetadi. Shuningdek, kameralar f/2.0 aperturasi, fazali avtofokusirovka va yorug‘lik diodli vspishkaga ega bo‘ldi. Ushbu kamera bilan har qanday sharoitda sifatli suratlarni olish mumkin.

Google smartfoni taklif eta oladigan boshqa afzalliklar orasida video va fotosuratlar uchun cheksiz bulut bor, u to‘liq hajmli fotosuratlarni va 4K formatidagi videolarni Google Photos’da saqlash imkonini beradi.

Shuningdek, yangi Android-gadjetlar Daydream VR-platformasini ko‘tara oladi, Google Assistant ovozli yordamchisi bilan jihozlangan hamda 15 daqiqada 7 soat avtonom ishlashga yetadigan quvvat bilan ta’minlaydigan tezkor zaryadlash funksiyasiga ega.

Яндекс.Метрика