У нас есть только
оригинальные песни

Google Project Ara smartfonini namoyish etdi (video)

calendar 22.05.2016
1105

Google korporatsiyasi I/O 2016 taqdimot marosimida Project Ara smartfonini namoyish etdi. Shu yerning o‘zida smartfonni 2017-yilda xarid qilish mumkinligi e’lon qilindi, deya xabar beradi “Babbler.me”.

Project Ara Google tomonidan ishlab chiqilgan ilk smartfon bo‘ladi, chunki Nexus chet ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangandi. Shunisi ham borki, modulli smartfon qismlari ham hozir odatiy smarfonlarni ishlab chiqarayotgan kompaniyalar tomonidan tayyorlanadi.

Google I/O tadbiriga olib kelgan ishchi nusxada smartfonni o‘chirmay turib, kamera kabi muhim modullarni almashtirsa bo‘ladi. Yaratuvchilar qismlarini zudlik bilan alishtirsa bo‘ladigan qurilma haqida ko‘pdan beri takrorlab kelardi va bu nihoyat amalga oshdi. Qurilma hatto bunday harakatga berilgan ko‘rsatmani ham bajaradi.

Yangi smartfonda olti modul uchun joy mavjud va ularning o‘rnini istalgancha almashtirish mumkin. Gap faqat modullar narxi va ularning xilma-xilligida qoldi, xolos.

Яндекс.Метрика