У нас есть только
оригинальные песни

Google qidiruv tizimi Hindiston bosh vazirini eng xavfli jinoyatchilar ro‘yxatiga qo‘shdi

calendar 06.06.2015
2107

Google qidiruv tizimi versiyasi bo‘yicha eng xavfli 10 jinoyatchi ro‘yxatiga Hindiston bosh vaziri Narendra Modini ham qo‘shdi, deb xabar bermoqda "TASS”. Foto: EPA Foto: EPA Tizimga "Hindistonning Top-10 jinoyatchilari” so‘rovi berilganda, birinchi bo‘lib Modining surati chiqib keldi. Bir necha kun ichida bu xabar internetda keng tarqalib, Twitter orqali Hindistonning eng ko‘p muhokama qilingan mavzularidan biriga aylandi. Modining gujarotlik hamkasblari uning suratini zudlik bilan qidiruv natijalaridan olib tashlashni talab qildi. Yakunda qidiruv tizimi rahbariyati yuzaga kelgan chalkashlik va anglashilmovchilik uchun uzr so‘ragan. "Qidiruv natijalari bizni ham xavotirga solyapti va bizning fikrimizni aks ettirmaydi. Biz kelajakda bunday vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun qidiruv mexanizmlarini yaxshilashda davom etamiz”, — deyiladi kompaniyaning rasmiy bayonotida. Ma’lum bo‘lishicha, Modining suratlari u tomonidan jinoyatchilarni tutish haqida berilgan ko‘plab bayonotlar tufayli qidiruv natijalarida chiqib qolgan. OAV ko‘pincha bunday bayonotlar bilan birga bosh vazirning suratini bergani tufayli
Яндекс.Метрика