У нас есть только
оригинальные песни

Google simsiz internetni kabelli internetdan arzonroq qilishga va'da bermoqda

calendar 09.06.2016
823

Google’ga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasi simsiz internetni optik-tolali kabelli internetdan arzonroq qilmoqchi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Alphabet rahbari Erik Shmidt har yilgi aktsionerlar yig'ilishida mikrosxemalarning yaxshilanishi va signalning aniq pozitsiyalanishi simsiz aloqa texnologiyasini "bog'ingizni kabel o'tkazish uchun kavlashdan arzonroq qiladi", deb aytdi. Shmidtning ta'kidlashicha, kompaniya rahbariyati ushbu texnologiya  1 Gbit/soniya tezlikka erishishga imkon beradi, deb hisoblamoqda.

Google Fiber bo'limi Kanzas-Sitidagi yuqori tezlikdagi tarmoqni yaratishda turli ishlanmalarni sinovdan o'tkazmoqda. Internetga simsiz ulanish uchun foydalanuvchilarga maxsus qabul qiluvchi qurilmani o'rnatish talab qilinadi, buni namoyish qiluvchi tizim keyingi yildayoq ishga tushishi kerak.

Shmidt Alphabet istiqbolli deb hisoblaydigan ba'zi texnologiyalar haqida gapirib o'tdi, bular: o'simlik asosidagi sun'iy go'sht, binolarning 3D-bosmasi, virtual reallik va sun'iy ong.

"Kelajakni bashorat qilishning eng yaxshi usuli uni ixtiro qilishdir. Biz Alphabet shu nuqtai nazardan kelib chiqamiz", deb aytdi Shmidt.

Яндекс.Метрика