У нас есть только
оригинальные песни

Google so'nggi 10 yildagi eng katta yangiligini tatbiq qildi

calendar 08.07.2018
942

Google korporatsiyasi o'zining Play Market ilovalar do'koniga so'nggi 10 yildagi asosiy yangilik - shaxsiy tavsiyalar uchun sun`iy intellektni integratsiyalashtirdi.

Ekspertlarning xabar berishicha, yangilanish natijasida Google Play foydalanuvchilari o'z qiziqishlari, yoshi, jinsi, yashayotgan mamlakati va boshqa omillarga asoslangan holda dasturlar va o'yinlar ilovalarini ko'rishlari mumkin bo'ladi. 

Bundan tashqari, korporatsiyada ta`kidlanishicha, kelgusida ushbu tizimni do'konning boshqa yo'nalishlariga ham tatbiq qilish rejalashtirilmoqda. 

Endi qandaydir bir ilovaning o'rnatilishi yoki o'rnatilmasligi to'g'ridan-to'g'ri sun`iy intellekt faoliyati samaradorligiga bog'liq bo'ladi. Bu ishlab chiqaruvchilar hamda Google korporatsiyasi daromadlariga ta`sir qiladi. Shu bois "qidiruv giganti" samarali tavsiyalar tizimi ustida maksimal uzoq ish olib bordi.

Яндекс.Метрика