У нас есть только
оригинальные песни

Google sobiq vitse-prezidenti salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli Xiaomi’ni tark etadi

calendar 24.01.2017
957

Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Xyugo Barra salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli tez orada kompaniyani tark etadi, deb yozadi “TASS”. U brendni dunyo bozorida ilgari surish bilan shug‘ullangan.

O‘zining Facebook’dagi sahifasida Barra Xiaomi muxlislari hamda o‘z hamkasblariga 3,5 yillik hamkorlikdagi ish uchun minnatdorlik bildirdi.

Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, u “do‘stlari va oilasiga yaqin bo‘lish uchun” San-Fransiskodagi Kremniy vodiysiga qaytmoqchi. Barra u yerda yangi loyiha ustida ish boshlashini aytdi, ammo bu borada hech qanday tafsilotlarni keltirmadi.

Xyugo Barra 2008-yildan Google Mobile’da ishlagan, 2010-yilda esa Android operatsion tizimi uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmaga o‘tgan. 2012—2013-yillarda Google vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2013-yil sentabrida esa u Xiaomi’dagi xuddi shunday lavozimga o‘tgan.

Яндекс.Метрика