У нас есть только
оригинальные песни

Google soxta yangiliklarni tekshirishni tezlashtiradi

calendar 07.02.2017
933

Google kompaniyasi CrossCheck loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru” TechCrunch’ga tayanib. U shubhali ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangiliklarni birgalikda tekshirishda yordam beradi.

CrossCheck’ning maqsadi onlayn tarzda paydo bo‘ladigan yangiliklarning haqiqiyligini tekshirish bo‘yicha vositalarni rivojlantirishdan iborat. Media va IT kompaniyalar barcha mish-mishlar, axborot tashlanmalari (internet makonni qisqa, ammo ko‘plab his-tuyg‘ularni uyg‘otadigan axborot bilan keskin tarzda to‘ldirish) va qalbaki maqolalar o‘z vaqtida fosh qilinib, internetdan o‘chirilishi uchun o‘z kuchlarini birlashtiradi.

Servis 27-fevral kuni Fransiyada ishga tushadi va mamlakatdagi prezidentlik saylovlari chog‘ida faollik bilan ishlaydi.

Яндекс.Метрика