У нас есть только
оригинальные песни

Google va Facebook soxta yangiliklar tarqatuvchilarini reklama daromadlaridan mahrum qilishga va`da berishdi

calendar 15.11.2016
1033

Google soxta yangiliklar saytlarini reklama daromadlarini mahrum qilmoqchi. Bundan buyon yolg'on yoki noto'g'ri ma`lumot beriluvchi sahifalarda e`lonlarning ko'rsatilishi cheklanadi. Bir necha soat o'tgach, Facebook ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. Bu haqida Wall Street Journal nashri xabar berdi. Hozirda Google o'zining AdSense vositasi yordamida reklama joylashtirish qoidalarini o'zgartirish ustida ish olib bormoqda. Soxta yangiliklar saytlarini reklama daromadlaridan mahrum qilish g'oyasi Facebook tomonidan ham qo'llab-quvvatlandi. Ijtimoiy tarmoq raisining so'zlariga ko'ra, insofsiz yangilik manbalari allaqachon reklama vositalaridan chetlashtirilgan, bunday ma`lumotlar tarqatuvchilarining "qora ro'yxati" esa muntazam ravishda to'ldirib boriladi. AQShda bo'lib o'tgan saylovlardan keyin qidiruv tizimi va ijtimoiy tarmoqqa yo'naltirilgan tanqidlar oqimi natijasida ana shunday qarorga kelingan. AQShdagi saylov oldi kampaniyasi vaqtida Facebook tarmog'i "Ommabop" bo'limida yolg'on yangiliklarni joylashda ayblandi. Hozirda ijtimoiy tarmoqda soxta yangiliklarning paydo bo'lish sabablari va ularning AQShdagi saylovlar natijasiga ta`sirini o'rganuvchi maxsus ishchi guruh tuzildi. U tarmoq asoschisining nuqtai nazari bilan hisoblashmaydigan xodimlardan tashkil topgan. Guruh a`zolari rahbariyatdan pinhona uchrashishmoqda. Bundan avval Mark Tsukerberg soxta yangiliklarning ovoz berish yakunlariga ta`siri borasidagi taxminni "ahmoqona gap", deb atagandi.

"Bu ahmoqona gap emas. Ahmoqlik - bu hech narsa sodir bo'lmayotganini ta`kidlash, vaholanki, u (Tsukerberg) ham, biz ham platformamizda saylov kampaniyasi davomida soxta yangiliklar bo'lganini yaxshi bilamiz". Facebook xodimi

13 noyabr kuni Mark Tsukerberg soxta xabarlarning tarqalishi bilan kurashishga kirishgani haqida ma`lum qildi. U jamoaning taxminiy yolg'on ma`lumotlarni aniqlovchi servisni ishlab chiqish bilan shug'ullanayotganini ta`kidladi. Gizmodo nashrining ma`lum qilishicha, soxta yangiliklarni aniqlovchi dastur 2016 yilning boshidayoq tayyor bo'lgan, biroq uning ishga tushirilishi kechiktirilgan.

Яндекс.Метрика