У нас есть только
оригинальные песни

Google Wi-Fi simsiz routerlari sotuvga chiqarildi

calendar 08.12.2016
1386

AQShning Google korporatsiyasi ixcham va simsiz Google Wi-Fi routerlarini sotuvga chiqardi. Ikki yoki undan ortiq routerni yagona simsiz tarmoqqa ulash imkonini beradigan uskuna 129 dollarga baholanmoqda.

Kompaniya simsiz router anonsini 4-oktabr kuni bergan edi. 17-noyabrdan uni oldindan buyurtma qilish imkoniyati tug‘ildi.

Router 140 kvadrat metr maydonni qoplaydi. Google Wi-Fi’ning uchta bloki esa 420 kvadrat metr masofaga internet tarqata oladi.

Bundan tashqari, Google Wi-Fi barcha foydalanuvchilarga uydan turib internetga kirish, bunda eng yaqin aloqa nuqtasini tanlash imkonini beradigan Network Assist texnologiyasiga ega. Tarmoq mobil dastur orqali boshqariladi.

Uchta routerdan iborat komplekt narxi — 229 dollar. Uni Amazon, Google Store va Best Buy’ning ixtisoslashtirilgan markazlaridan sotib olish mumkin.

Яндекс.Метрика