Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulos 27 avgust, payshanba kuni mamlakat bosh vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi lavozimiga yangi tayinlangan rahbar nomini e'lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishicha, endilikda mazkur lavozimda Konstitutsion sud raisi sifatida ishlab kelgan Vasiliku Tanu-Xrestofilu ish olib boradi. Buning natijasida Tanu-Xrestofilu Gretsiya tarixida ilk ayol bosh vazir sifatida tarixda qoladigan bo'ldi.
Juma kunidan boshlab u yangi lavozimni qabul qilib olishi kerak bo'ladi.
«Sinaspizmos» partiyasi va so'l tomon radikal Koalitsiyasi etakchisi («Siriza») Aleksis Sipras o'z lavozimidan ketgach, yangi parlament saylovlarini tashkil qilishni rejalashtirgandi. Biroq bu ish amalga oshmay qolgandi.
Endilikda saylovlar sentyabr oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.