У нас есть только
оригинальные песни

Gretsiyadan mablag‘ olib chiqish ketish tezligi sutkasiga 100 million yevroga yetdi

calendar 11.07.2015
1195


Kreditorlar bitimning yo‘qligi Gretsiya bank tizimini 13-iyul, dushanba kuni to‘liq yo‘qqa chiqaradi. Bu haqda, Gretsiya bank sektori vakillariga asoslanib, Financial Times gazetasi xabar bermoqda.
 Kapital harakatiga doir barcha cheklovlarga qaramay, hozirgi vaqtda Gretsiyadan har kuni 100 million yevro miqdorida mablag‘ olib chiqib ketilmoqda. Gazeta suhbatdoshlaridan birining ma’lum qilishicha, dushanba kuni Gretsiya bank tizimining likvidligi tugaydi – banklarda shunchaki pul qolmaydi. Xalqaro kreditorlar bilan bitim yo‘q bo‘lgan hozirgidek sharoitda Gretsiya hukumati yo yevrohududdan chiqishga, yoki bank omonatlarini "qirqib olish”ni e’lon qilishga — omonatchilarning mablag‘laridan foydalanishga majbur bo‘ladi. Avvalroq Gretsiya banklar assotsiatsiyasi rahbari Luka Katseli grek bankomatlari pulsiz qolishini ma’lum qilgandi.
Яндекс.Метрика