У нас есть только
оригинальные песни

“Gubkin”dan haydalganlar orasida Obid Asomovning o‘g‘li ham bor. Qiziqchi filial rektorini yolg‘onchilikda ayblamoqda

calendar 09.06.2018
1187


Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filialining 23 nafar talabasi o‘qishdan chetlatilgani haqida avvalroq xabar berilgandi. UzNews nashriga ushbu masala yuzasidan taniqli qiziqchi Obid Asomov telefon qilib, shikoyati borligini bildirgan.

O‘tgan o‘quv yilida mashhur san’atkorning o‘g‘lini ham “aldab” o‘qishdan haydab yuborishgan va Obid Asomovning o‘zini ham ushbu o‘quv maskani rektori bir necha bora aldagan. Obid Asomovning farzandini “tushunib bo‘lmas bahona” sabab o‘qituvchi matematika imtihonlaridan o‘tkazmagan. Talabani universitetda qoldirishning bir yo‘li esa uni akademik ta’til olishi rektor tomonidan maslahat berilgan hamda ta’tilga yozilishi kerak bo‘lgan ariza o‘rniga, talabadan o‘z xohishiga ko‘ra o‘qishdan ketishi borasidagi ariza yozdirib olingan. Obid Asomovning o‘g‘liga nega bu shaklda ariza yozding degan savoliga o‘g‘il ham “bo‘ldi hammasi yaxshi bo‘ladi borib, ularning aytganini qil degansizku”, deb javob bergan. Talabaning hayotiy tajribasi yo‘qligi, uning yoshligidan foydalangan universitet tomoni bolani o‘qishdan haydagan.

Bu o‘quv dargohida barcha masalalar Moskva orqali hal etilishi, Moskvadagilar nima desa o‘sha ish bo‘lishini rektor aytganini san’atkor xohlagan paytda isbotlab berishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Яндекс.Метрика