У нас есть только
оригинальные песни

Gulbahor Erqulova “O‘zbekiston” telekanalidagi bayram dasturini tanqid qildi

calendar 03.01.2017
1698

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “O‘zbekiston” telekanalidagi bayram dasturini tanqid qildi.

O‘z fikrlarini bayon etish asnosida bir xonandaning chiqishlaridan suratlarni joylashtirar ekan, tanilmagan xonandalar bayram dasturlarida chiqishiga alohida e’tibor qaratdi.

“O‘zbekiston” telekanali shuncha vaqt ketkazib, shunday xonandalarni topib, Yangi yil bazmiga chaqiribdi yoki prodyuserlari borib kelgan… Ahvolini qarang, shuncha san’atda ishlab, ko‘rmaganman va tanimayman ham. To‘g‘ri, bir-ikki qahramonlar chiqishdi. Mayli, ularni chiqishiga hamma o‘rganib ham qoldi. Xalqimiz gapiradi, kuyadi shulardan boshqa yo‘qmi, deb – foydasi yo‘q. Mayli, ularning ovozi bor, iqtidori bor. Bir kun biror odam o‘zi bir xillikdan zerikib, o‘zgarmasa, hozircha shunaqa bo‘laveradi. Qancha kanal bo‘lsa, qoyil hamma joyga ulgurishibdi. Rossiya kanallarini qarang qanaqa chiroyli dasturlar va eng kuchli san’atkorlar chiqishdi. Yoshlari nechada bo‘lsa ham, birorta xalq tanimaydigan san’atkorni ko‘rmaysiz.Dekoratsiya bir xil. Shunday ekan, ob-havo ham bir xil. Lekin kimdir issiq, kimdir yengil kiyimda. Rejissor shu jihatlarga e’tibor qaratmagan. Ulug‘bek degan qo‘shiqchidan boshqa olib boruvchi O‘zbekistonda yo‘q deb o‘ylashgan. Qancha iqtidorli aktyorlarimiz, suxandonlarimiz bor, axir. Mana, Rossiya kanallarida qo‘shiqchilar bayram ko‘rsatuvilarini olib borishadi, lekin ularning dunyoqarashlari boshqa, hamma san’atkorlarni tanishadi va to‘g‘ri baho berishadi.

Яндекс.Метрика