У нас есть только
оригинальные песни

Gulchehra va Sharof Sharapovlarning xonadonida to`y

calendar 05.02.2017
4933

Aktrisa Gulchehra va Sharof Sharapovlar yana bir muhim hodisani nishonlash arafasida.

Ular o`g`illari Amirbekning Sunnat to`yini o`tkazishmoqda. Bu haqda xonanda Feruza Jumaniyozova o`zining “Instagram”dagi sahifasiga surat joylab, quyidagi izohni yozib qoldirdi:

“Gulchehra Eshonqulova-Sharapova o`g`il to`yi muborak!!!”

Taklifnomada aks etganidek marosim 17 fevral kuni poytaxtimizning “Yakkasaroy” to`yxonasida bo`lib o`tadi.

Fursatdan foydalanib, ularni ushbu kun bilan Yoshlar.com ijodkorlari nomidan muborakbod etamiz.

Яндекс.Метрика