У нас есть только
оригинальные песни

Gulistonda qo'shmachi ayol “mijoz” tomonidan pichoqlab o'ldirildi

calendar 14.11.2015
3574

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida sodir etilgan jinoyat oqibatida bir ayol olamdan o'tdi, ikki qiz esa og'ir tan jarohatlari oldi. Bu haqda “Adolat ko'zgusi” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, Andijon viloyatida tug'ilgan Yahyobek Abdunazarov ismli shaxs Gulistonda ishlab kelgan. Bir safar u Dilnavoz ismli qo'shmachi ayol bilan tanishib, u orqali fohisha “buyurtma” qilgan. U bilan tun o'tkazgach, yigit pul berishni istamagan. Janjal kelib chiqqan. Jahl ustida Yahyobek yonidan pichoq chiqarib, qizga bir necha jarohat etkazgan.

Shovqin-suronni eshitgan Dilnavoz yonida yana bir fohisha bilan xonaga kirib kelgan. Yahyobek ularga ham jarohat etkazgan. Natijada qo'shmachi ayol shu erning o'zida olamdan o'tgan.

Tergov jarayonida Abdunazarov ilgari ham jinoyatlar sodir etgani aniqlandi. Jumladan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida novvoy bo'lib ishlagan kezlari Humor degan qizni aldab, uni Andijonda mehmon qilish bahonasida vodiy dovoniga olib chiqqan va erda zo'rlagani ma'lum bo'ldi.

Barcha jinoyatlari tufayli Yahyobek Abdunazarov 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U tayinlangan jazoning 2 yilini turmada, qolganini esa qattiq tartibli koloniyalarda o'tashi belgilandi.

Яндекс.Метрика