Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonga keldi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi. Bu haqda O'zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi delegatsiya samolyoti “Toshkent” xalqaro aeroportiga qo'ngan. Aeroportda faxriy qorovul saf tortgan. Turkmaniston rahbarini O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov 2018 yil 23-24 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ladi. Ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi muzokaralarda ko'p qirrali O'zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. 

Tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod parkining ochilish marosimida ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Xorazm viloyatiga tashrif ham rejalashtirilgan. 

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!