У нас есть только
оригинальные песни

Hakerlar tomonidan Mail.ru’ning millionlab akkauntlari haqidagi ma`lumotlar o'g'rilandi

calendar 26.08.2016
1521

Mail.Ru Group kompaniyasi saytlarida ro'yhatga olingan 25 mln ga yaqin akkaunt haqida ma`lumot noma`lum hakerlar tomonidan o'g'rilangan. CNET portali ma`lumotlariga ko'ra, bu hujum ortida 2 haker turgan bo'lishi mumkin. 

Ta`kidlanishicha, hakerlar cfire.mail.ru saytidagi 12,8 mln, parapa.mail.ru’dagi 8,9 mln profil va tanks.mail.ru’dagi 3,2 mln profilga kira olgan.

Hakerlar qo'liga foydalanuvchilar tahalluslari, elektron manzillari, parol va tug'ilagn kunlari haqidagi ma`lumot tushgan. Tahmin qilinishicha, hakerlar shuningdek ba`zi buzilgan akkauntlar egalarining IP-manzillari, joylashgan joylari va telefon raqamlari haqidagi ma`lumotlarni bilib olishgan.

Hakerlar ma`lumotlarga kirish uchun yuqorida aytilgan saytlarda qo'llangan vBulletin dasturidagi zaif joydan foydalanishgan. Ta`kidlanishicha, akkauntlari buzilgan  ko'plab foydalanuvchilar parol sifatida "123456789" kabi parollardan foydalanishgan. Bu parollarni brutfors usulida oson aniqlash mumkin.

Hakerlar o'g'rilagan ma`lumotlarni chop etgan LeakedSource.com portalida hujum avgust boshida amalga oshirilgani aytilgan.

May oyi boshida pochta servislarining 272,3 mln foydalanuvchisi haqida ma`lumotlar oshkor bo'lgani ma`lum qilingandi. Ma`lumotlarga ko'ra, hakerlar shu jumladan Mail.ru’ning 57 mln ta pochta qutisiga kira olgan.

Яндекс.Метрика