У нас есть только
оригинальные песни

Hamma mamnun bo‘lishi uchun oila budjetini qanday olib borish kerak?

calendar 31.08.2017
1053

Er-xotinlarning har biriga pulni o‘zlari xohlaganlaridek sarflashga ijozat berish eng oson yo‘l hisoblanadi.

Microsoft  veb-texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Skott Xanselman o‘z sahifasida, videolavhalarida gadjetlar, IT va shaxsiy muvaffaqiyatlari to‘g‘risida hikoya qiladi.

Yaqinda men anchadan beri orzu qilib yurgan o‘yinga ilova qilinadigan qo‘shimcha sotib oldim. Uni uyga olib keldim va xotinimga ko‘rsatib maqtandim. Uni esa bunday narsalar umuman qiziqtirmaydi.

“Ajoyib, — dedi u. — Bu radioda aytishgan o‘sha yangi ilovami?” Hech qanday tanbeh berish yo‘q. Narxi to‘g‘risida hech qanday savol ham yo‘q. Hech qanday pand-nasihat ham yo‘q. Bu qanday bo‘lishi mumkin?

Hamma gap biz xotinim bilan bir-birimizga mayda-chuyda xarajatlar uchun naqd pul berishimizda.

Biz oylik olganimizda, pullarning ma’lum qismini hisob raqamimizga qo‘yib qo‘yamiz. Keyin esa har birimiz shaxsiy xarajatlar uchun bir xil miqdorda mablag‘ olamiz. Bundan keyin xarajatlarni va soliqlarni to‘laymiz. Qolgan pullar jamg‘armaga ketadi.

Ilgari biz bir-birimizni pullarni shaxsiy ehtiyojlarga ko‘p xarajat qilishda ayblar edik. Men — o‘yinlarga, xotinim esa — kiyimlarga. Bu xarajatlar bizning katta maqsadlarimizga olib boradigan yo‘lga to‘g‘anoq bo‘lar edi.

Shuning uchun xotinim ajoyib g‘oya o‘ylab topdi. Boshida o‘z-o‘zimizga to‘lashimiz kerak. Shaxsiy pullaringizni istaganingizdek sarflashingiz mumkin. Va buning uchun hech kim hech kimsani ayblamaydi. Har birimiz shaxsiy mablag‘larimizni o‘zimiz xohlaganimizdek xarajat qilishimiz mumkin.

Bu tizim ko‘p afzalliklarga ega. Kredit kartadan qilinadigan xarajatlarni ancha kamaytirdik. Qancha pulimiz borligini va qanchasini o‘zimizga sarflay olishimizni aniq bilamiz. Va biz moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha bolalarimizga yaxshi o‘rnak ko‘rsatyapmiz.

Яндекс.Метрика