У нас есть только
оригинальные песни

“Hammaga rahmat aytaman”. Ronalduning muxlislarga xayrlashuv maktubi

calendar 10.07.2018
1414

Madridning “Real” jamoasi portugaliyalik futbol yulduzi, “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi Krishtianu Ronalduning klubdan ketayotganini rasman e’lon qilgani haqida biroz avval xabar berilgandi.

Jamoa rasmiy sayti Ronalduning xayrlashuv xatini e’lon qildi.

Krishtianu Ronaldu: “Real”dagi yillar, balki, hayotimdagi eng baxtli damlarimdir. Men klub va shaharga faqat va faqat ulkan minnatdorchilik bildira olaman. Ulardan olgan sevgi-muhabbatim uchun hammaga tashakkur aytaman.Shunga qaramay hayotimda yangi bosqichni boshlash vaqti yetdi deb o‘ylayman. Aynan shu boisdan ham klubdan meni qo‘yib yuborishlarini so‘radim. Barcha muxlislardan tushunishlarini so‘rardim. Ishqibozlar butun to‘qqiz yilda ham ajoyib edi. Bu o‘zgacha to‘qqiz yil maftunkor davr edi.

Jamoada ajoyib sheriklarga ega bo‘ldim. Birgalikda qatorasida ketma-ket 3 yil Chempionlar Ligasini yutdik. Besh yilda esa 4 marta! Ular sabab 4 ta “Oltin to‘p”, 3 ta “Oltin butsa”ga erishdim. Bu davr mobaynida ulkan klubda bo‘ldim.

“Real Madrid” qalbimni zabt etdi. Klub, prezident, direktorlar, jamoadoshlar, shifokorlar, fizioterapevtlar va barcha xizmatchi-xodimlarga rahmat deb qolaman.

Juda ko‘p o‘yladim va ketish vaqti yetganini bildim. Men ketaman, ammo bu libos va “Santyago Bernabeu” qayerda bo‘lmayin, avvalgidek men bilan qolaveradi. Hammaga 9 yil oldin stadionda birinchi aytgan gapimni aytaman — “Hala Madrid”.

Яндекс.Метрика