У нас есть только
оригинальные песни

Ureee...Bugun YOSHLAR.COM 2 yoshda!!!

calendar 02.12.2012
4203

    

Salom azizlar izlanuvchan yoshlar,
Quvonchla porlasin bu qora ko’zingiz.
Xayir deyavering endi tashvishlarga.
Quvonch baxsh etadi saytimiz sizlarga.

Sevimli portalda sevimli suratlar,
Eng so’ngi musiqalar va so’ngi daraklar.
Xaqiqatdan so’zlar xayotiy xikoya.
Faqat Yoshlar.com dadur ajoyib tilaklar.

Keling birgalikda kuylaymiz xammamiz,
Bugun bayram kuni o’ynaymiz xammamiz!

(she'r muallifi Sirli_qiz)


Assalomu alaykum biz uchun aziz va xurmatli saytimiz a’zolari!

Bundan 2-yil oldin ya'ni 2010-yil 1-dekabrda YOSHLAR.COM sayti rasman o'z faolyatini boshlagandi.
Bu kun biz ijodkorlar uchun,jumladan sadoqatli saytimiz foydalanuvchilari uchun quvonchli kun ya’ni saytimiz bugun 2 yoshni qarshiladi! U bosib o’tgan yo’l u qadar uzun bo’lmasada,har xolda minglab muxlislar topa oldi.

Albatta bularni bari o’zidan o’zi emas,satyimizni jonkuyar ijodkorlarini mexnati tufayli.Bundan 2 yil avval Yoshlar.com nsytini tashkil topishida eng katta yordamni bergan  Javohir akaga o'z minnaddorchiligimizni bildiramiz.Saytimizni shu darajaga yetishishi uchun ko'plab insonlarning xizmatlari beqiyos! Sayt o'z faolyatini endigina boshlagan vaqtlada saytda moderator bo'lgan Golden_boy(Asadbek), forum adminlari Hasan va Serxio, unday keyin esa yordamchi admin bolib ishlagan Mc_Crash(Aziz) va saytning ilk jurnalisti bo'lgan Miranda_89(Barno) larga ham katta rahmatlarni aytib o'tamiz.Ularning mehnati taqsinga sazavor.Hozirda bu ijodkorlar ma'lum sabablarga ko'ra biz bilan birga emas.

Hozirda sayt jamoasi 4 kishidan iborat.Sayt rahbari Sardor, Adminlar Said va Ruxshona, jurnalist Lauren_Ewans(Munira).

Shu o'rinda hozirgi kunda saytimizning eng faol va jonkuyar admini va jurnalisti Ruxshonaga sayt muhlislari va jamoasi nomidan  alohida minnaddorchilik bildiramiz.

Mana shu o'tgan 2 yil davomida saytimiz jamoasi bir birimizni qo'llab quvvatlab birgalikda  ijod qildik!Yangidan yangi loyihalarni kashf qildik buni hammasi siz aziz muxlislarimiz uchun! Bundan buyog'iga bundanam ko'proq mexnat qilib siz aziz muxlislarimizni xursand qilishga davom etamiz va bunga va'da beramiz!

 Bu bayram bizniki,bu bayram hammamizniki! Hammani chin qalbimdan qutlaymiz va hudo hohlasa 10,20,50 yoshlarini birgalikda nishonlaylik. Xademay saytimiz a’zolarini safi kengayib,yangidan yangi istedodlarni kasf qilamiz! Demak biz bilan qoling!


2 Yoshing muborak bo'lsin !

YOSHLAR.COM


Hurmat bilan YOSHLAR.COM jamoasi

Яндекс.Метрика